Mehr-saxovat – oliy qadriyat: NamDPI professor-o‘qituvchilari Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida bo‘lishdi
23.05.2026 08:25:54 13
Muqaddas Qurbon hayiti bayrami arafasida xalqimizga xos bo‘lgan mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik kabi olijanob qadriyatlar yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ana shunday ezgu an’analarning davomi sifatida bugun, Namangan davlat pedagogika institutining “Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Namangan viloyati Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif buyurishdi.
Mazkur xayriya va ma’naviy-ma’rifiy tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bayram munosabati bilan ko‘ngli o‘ksik, mehrga va ijtimoiy ko‘makka muhtoj insonlar holidan xabar olish, ularga cheksiz hurmat hamda ma’naviy dalda berishdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida institut pedagoglari markazda istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan samimiy suhbatlar uyushtirib, ularning ko‘nglini tog‘day ko‘tarishdi. Shuningdek, ularga ma’naviy ko‘mak ko‘rsatilib, bayram kayfiyatini ulashish maqsadida turli esdalik sovg‘alari hamda shirinliklar ulashildi.
Bayram kunlarida yolg‘iz va ko‘makka muhtoj insonlar qalbiga quvonch bag‘ishlash har birimizning insoniy burchimizdir. Bugungi uchrashuv nafaqat markaz ixtiyoridagilar, balki biz pedagoglar uchun ham katta ma’naviy ozuqa bo‘ldi,
Bu kabi ma’naviy-xayriya tadbirlari jamiyatimizda mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga va yosh avlod tarbiyasida insonparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qilishi shubhasiz.