English English English

"Rektor va magistrlar" uchrashuvi o'tkazildi

  17.01.2025 12:04:46    9


Bugun Namangan davlat pedagogika instituti faollar zalida institut rektori Bahodir Xusanovning magistrlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Ochiq muloqotda rektor B. Xusanov so'z olib, magistirlik maqomi va uning ahamiyati, ilmiy izlanishlar qilish, o‘z sohasi bo‘yicha tadqiqotlar olib borish va natijada ushbu olgan ilmini oliy ta'limda amaliyotga joriy etish xususida magistrlarga aniq tavsiyalar berib oʻtdi.


"Rektor va magistrlar" uchrashuvi o'tkazildi


Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan muloqotda magistrlar tomonida turli savollar va takliflar berib oʻtildi.
Xususan,
Xorijiy talim muassasalarida stajirovkada boʻlish;
Grant loyihalarida ishtirok etish hamda moddiy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish;
Respublikadagi OTMda akademik mobillik asosida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Shu yilda ilmiy yutuqqa erishgan, iqtidorli magistrlar oʻrtasida "Iqtidorli magistr" tanlovini oʻtkazish.
Rektor tomonidan magistr talabalarning savollariga batafsil javob berilib, takliflar boʻyicha boʻlim boshliqlariga aniq koʻrsatmalar berildi.


"Rektor va magistrlar" uchrashuvi o'tkazildi "Rektor va magistrlar" uchrashuvi o'tkazildi "Rektor va magistrlar" uchrashuvi o'tkazildi "Rektor va magistrlar" uchrashuvi o'tkazildi "Rektor va magistrlar" uchrashuvi o'tkazildi "Rektor va magistrlar" uchrashuvi o'tkazildi "Rektor va magistrlar" uchrashuvi o'tkazildi "Rektor va magistrlar" uchrashuvi o'tkazildi "Rektor va magistrlar" uchrashuvi o'tkazildi