"Amir Temur vorislari" harbiy-sport spartakiadasi musobaqasining guruh bosqichiga start berildi.
05.04.2025 21:56:10 20
Namangan davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, sportning harbiy-texnik va amaliy turlarini ommalashtirish maqsadida "Amir Temur vorislari" harbiy-sport spartakiadasi musobaqasining guruh bosqichiga start berildi.

Tanlov uch bosqichda:
birinchi - guruhlararo saralash bosqichi 7-aprel kuni,
ikkinchi - fakultetlarda yoʻnalishlararo bosqichi 7-may kuni hamda yakuniy - ta'lim muassasasi kurslararo bosqichi 20-may kuni tashkil etiladi.
📍Oʻtkazilish manzili:
"Barkamol avlod" sport majmuasi
⏰Oʻtkazilish vaqti:
Soat 10:00da
Tanlov 2 ta shartdan: 1-shart oʻquv granatasini uzoqlikka uloqtirish va 2-shart turnikda tortilish shartlaridan iborat boʻlib, bunda talabalar 5 nafargacha tarkibdan iborat boʻlgan jamoa tuzgan holda ishtirok etadilar.
👉 Tanlovning baholash nizomi va toʻliq tartibi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. (https://telegra.ph/Musobaqa-2-ta-shart-asosida-baholanadi-04-05)
🏆 Gʻoliblarni taqdirlash:
Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanishadi.
🙋♂Ishtirok etish istagidagi talabalar Yoshlar masalalari boʻyicha dekan oʻrinbosarlariga murojaat qilishlari mumkin.