“Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
13.01.2025 12:06:03 35
13-yanvar kuni Namangan davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi, Milliy gvardiya Namangan viloyati bo'yicha boshqarmasi, Namangan favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari, shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talaba yoshlar ishtrok etishdi.