"Davlatimiz bayrogʻi — oʻtmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
18.11.2024 10:40:50 3
Namangan davlat pedagogika institutida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan "Davlatimiz bayrogʻi — oʻtmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda institutning birinchi prorektori A.Isoqboyev boshchiligida Gumanitar fanlar kafedrasi professor-oʼqituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Professor-oʼqituvchilar tomonidan davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsoli ekanini, O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlashini iftixor bilan tilga olishdi.