“Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” mavzusida “Eng yaxshi insholar” tanlovi o'takazildi.
18.03.2026 22:20:57 1
Namangan davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarga qarshi kurashish bo‘yicha bilimlarini baholash, giyohvandlikka qarshi kurashish va uning zararlari haqidagi tushunchalarni tengdoshlarga targ‘ib qilish, shuningdek, talaba-yoshlar o‘rtasida ijodiy faoliyat orqali sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish maqsadida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” mavzusida “Eng yaxshi insholar” tanlovi o'tkazildi.
Tanlovni Yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy bo'limi boshlig'i M.Nabijonov ochib berib, o‘z nutqida giyohvandlik va psixotrop moddalar inson salomatligi, jamiyat barqarorligi hamda yoshlar kelajagi uchun jiddiy xavf tug‘dirishini ta’kidladi. Shuningdek, u bunday illatlarga qarshi kurashishda yoshlarning faolligi, ularning ongida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish hamda tengdoshlar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.
Mazkur tanlov talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
G'oliblar diplomlar bilan taqdirlandi.