English English English

FRANSIYA — O’ZBEKISTON: YANGICHA QARASH, YANGI ISLOHOTLAR UCHUN MUHIM QADAM

  18.03.2025 15:15:53    54



FRANSIYA — O’ZBEKISTON: YANGICHA QARASH, YANGI ISLOHOTLAR UCHUN MUHIM QADAM


  Fransiya haqida gap ketganda doim uning boy madaniyati, iqtisodiyoti, ilm-fan rivojiga qo’shgan hissasi, yirik industrial-agrar mamlakat sifatida sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlardan biri ekanligi tilga olinadi.
  Xabaringiz bor, o’tkan davr mobaynida O’zbekiston va Fransiya o’rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniyat, ta’lim sohasidagi aloqalar yaxshilanib, ikki davlat manfaati uchun yirik loyihalar amalga oshirilgan.
   Joriy yilning 11-13 mart kunlari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Fransiyada davlat tashrifi o’tgan muvafaqqiyatli kelishuvlarni yanada yangi bosqichga olib chiqdi. Bu nafaqat O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilganligidan, balki Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarga ham yangi ruh olib kirishi bilan yanada ahamiyatlidir. Parij shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildilar.
   Tashrif davomida yana bir kutilmagan voqelik ro‘y berdi. Davlatimiz rahbariga Fransiyaning eng oliy davlat mukofoti – Faxriy legion ordeni topshirildi. Ushbu Faxriy legion ordeni 1802 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, Fransiyada ushbu orden alohida xizmatlarning davlat darajasida e’tirof etilishi va shon-sharafning eng yuqori belgisi hisoblanadi.
  Tarixdan ma’lumki, ushbu faxriy unvon bilan dunyoning yetakchi insonlari, boshqaruv sohasida uzoq yillik mehnatlari uchun mukofotlangan. Xususan, Imperator Akixito, Franklin Ruzvelt, Uinston Cherchill, Nelson Mandela, Angela Merkel, Sindzo Abe, Jastin Tryudo kabilar shular jumlasidandir.
   Yirik namoyondalar qatori ushbu ordenni mamalakatimiz rahbariga berilishi geosiyosiy va geoiqtisodiy sohadagi o‘zgarishlar, jahon sahnasida kuzatilayotgan murakkab va jumboqli jarayonlarda Prezidentimiz tomonidan ichki va tashqi siyosatda amalga oshirilayotgan islohotlarga yuksak baho berilganidan dalolatdir.
   Shuningdek, ikki mamalakatning ta’lim sohasidagi strategik maqsadlari, xususan, O‘zbekiston – Fransiya universitetini tashkil etish to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolangani O’zbekiston ta’lim sohasidagi yangi bosqich deya ayta olamiz.
Toʻlqinali Abdullayev,
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani