YAPONIYA TA'LIM TAJRIBASI MAKTAB AMALIYOTIDA!
03.02.2026 10:15:14 11
Namangan davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim innovatsiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari R.Lufetdinova, G.Tajiboyeva, M.Rahimovalarning Namangan shahridagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinflarida Yaponiya ta’lim tizimiga xos ilg‘or tajribalarni joriy etishga qaratilgan tajriba-sinov loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Tashrif jarayonida Yaponiya ta’lim tizimining asosiy jihatlari chuqur tahlil qilindi. Xususan, o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni rivojlantirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, mehnatsevarlik va intizomni tarbiyalash, shuningdek, dars jarayonida o‘quvchi faolligini ta’minlashga qaratilgan samarali pedagogik yondashuvlar atroflicha o‘rganildi.