Respublika ishchi guruhi Namangan davlat pedagogika institutida faol talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
21.11.2025 08:46:51 5
Bugun Respublika ishchi guruhi vakillari Namangan davlat pedagogika institutiga tashrif buyurib, institutning iqtidorli va faol talabalari bilan ochiq uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida talabalarning tashabbuslari, g‘oyalari va takliflari batafsil tinglandi. Xususan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish, ta’lim jarayonlarida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish, yoshlar o‘rtasida ijtimoiy faollikni oshirish bo‘yicha fikrlar bildirildi.
Ishchi guruh a’zolari talabalar tomonidan taqdim etilgan ijtimoiy loyihalar, kreativ tashabbuslar, volontyorlik faoliyati bo‘yicha fikr almashib, istiqboldagi rejalar yuzasidan zarur tavsiyalar berdilar.