"KELAJAK SOATI" RUKNI OSTIDA "MA'RIFAT DARSI" O'TKAZILDI
02.02.2026 10:13:25 9
Namangan davlat pedagogika institutining birinchi prorektori A.Isoqboyev “Kelajak soati” rukni ostida “Sog'lom hayot” mavzusidagi “Ma’rifat darsi” mashg‘ulotlarini olib bordi.
Dars maqsadi:
Talabalarda sog‘lom turmush tarzi madaniyatini ongli, ilmiy va mas’uliyatli yondashuv asosida shakllantirish, jismoniy, ruhiy va ijtimoiy salomatlikni shaxsiy va kasbiy muvaffaqiyat omili sifatida anglashga erishish
Aniq maqsadlar:
Talabalarda sog‘lom hayot tushunchasini ilmiy va ijtimoiy nuqtayi nazardan chuqur anglash.
Sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, ruhiy muvozanat va uyqu rejimining akademik va kasbiy samaradorlikka ta’sirini tushuntirish.
Talabalarda stress, emotsional zo‘riqish va zararli odatlarga qarshi immunitetni shakllantirish.
Sog‘lom hayotni shaxsiy muvaffaqiyat falsafasi sifatida qabul qilishga yo‘naltirish.
Asosiy g‘oyalar:
Sog‘lom tana – samarali tafakkur asosi;
Salomatlik – eng muhim inson kapitali;
Sog‘lom talaba – raqobatbardosh mutaxassis;
Sog‘lom avlod – barqaror jamiyat poydevori.
Mazkur mashg‘ulotda talabalarga sog‘lom hayot tushunchasi zamonaviy hayot, stressli muhit, akademik yuklama va kasbiy faoliyat bilan uzviy bog‘liq holda ochib berildi. Mashg‘ulot davomida sog‘lom turmush tarzining ilmiy asoslari, ruhiy barqarorlik, stressni boshqarish, zararli odatlar profilaktikasi, raqamli muhitda sog‘lomlik masalalari muhokama qilindi. Video tahlil, keys-stadi, munozara, guruhli ishlash va refleksiya orqali talabalarda sog‘lom hayotga nisbatan ongli pozitsiya shakllantirildi.