English English English

A.A. Rahimov tomonidan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi

  23.05.2026 10:05:31    13



A.A. Rahimov tomonidan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi


Namangan shahridagi ta’lim tizimi va pedagogik hamkorlik doirasida yana bir muhim amaliy jarayon muvaffaqiyatli tashkil etildi. Namangan shahar maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Namangan davlat pedagogika institutining ingliz tili yo‘nalishi 2-bosqich talabalari pedagogik amaliyot o‘tadilar.

Mazkur amaliyot davomida talabalar maktab hayoti bilan yaqindan tanishib, ta’lim jarayonining turli jihatlarini amalda kuzatdilar. Xususan, ular o‘quvchilar bilan ishlash, dars mashg‘ulotlarini tashkil etish, zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanish, interaktiv o‘yinlar orqali bilim berish kabi ko‘nikmalarni egalladilar. Shuningdek, tajribali ingliz tili o‘qituvchilarining darslarini kuzatish orqali samarali o‘qitish usullari va o‘quvchilar bilan ishlashning nozik jihatlarini o‘rgandilar.

Amaliyot jarayoniga tajribali ustoz Nosirova Shahloxon rahbarlik qilib, talabalarni metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlab bordi. Uning yo‘l-yo‘riqlari va tavsiyalari talabalar uchun muhim amaliy tajriba maktabi bo‘ldi.

Amaliyot yakunida maktab direktori A.A. Rahimov tomonidan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida direktor talabalarga o‘zining boy pedagogik tajribasi asosida qimmatli maslahatlar berib, kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat qozonishlari uchun zarur bo‘lgan tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.

Mazkur amaliyot talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, ularni haqiqiy ta’lim muhitiga moslashtirish hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlarida muhim bosqich bo‘lib xizmat qildi.


A.A. Rahimov tomonidan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi A.A. Rahimov tomonidan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi A.A. Rahimov tomonidan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi