English English English

Raqamli transformatsiya sharoitida xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar

  28.02.2026 09:23:22    20


Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan professor-o'qituvchilar, doktorantlar, tadqiqotchilar, talaba-yoshlar hamda ularning ilmiy-tadqiqot sohasidagi bilimlarini kengaytirish, ilmiy salohiyatlarini namoyon qilish, yangi davrda jamiyat hayotining turli jabhalariga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlarini ta’minlash maqsadida Namangan davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan 2026-yil 27-mart kuni “Raqamli transformatsiya sharoitida xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar” mavzusida respublika miqiyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o'tkazilmoqda




Konferensiya quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi:

1⃣-yo‘nalish. Ta’lim jarayonini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirishning nazariy-metodologik asoslari;
2⃣-yo‘nalish. Filologik ta’limni rivojlantirishda raqamli texnologiyalar va kompyuter dasturlarining lingvodidaktik salohiyati;
3⃣-yo‘nalish. Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion metodlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar samaradorligi;
4⃣-yo‘nalish. Globallashuv sharoitida raqamli texnologiyalarning ijtimoiy-madaniy va kommunikativ ahamiyati.

Anjuman tili: o‘zbek, rus, ingliz.

Maqolalar Google Scholar bazalarida to'liq indekslanadi.

Maqolalar joriy yilning 26-mart kuniga qadar (shu kuni ham) quyidagi manzillar orqali qabul qilinadi:

Murojaat uchun:
Telefon: +998940140413
Telegram: @Namdpi_anjumani

Har bir muallifga elektron sertifikat va to'plam taqdim etiladi.

NamDPI Axborot xati 27.03.2026.pdf