SPORT JAMOALARI “TALABALAR LIGASI” FINAL BOSQICHIGA KUZATILDI
22.05.2026 07:58:01 15
Namangan davlat pedagogika institutida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining final bosqichida ishtirok etuvchi sport jamoalarini tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, sport sohasi mutaxassislari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Marosim davomida institut rektori B.Xusanov so‘zga chiqib, sportning yoshlar hayotidagi o‘rni, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi ahamiyati hamda talabalarning sportdagi yutuqlari institut nufuzini yanada oshirishini alohida ta’kidladi. Shuningdek, sportchi talabalarga musobaqalarda faol va fidokorona ishtirok etish, institut sha’nini munosib himoya qilish, intizom va jamoaviylikni namoyon etish bo‘yicha muhim topshiriq va vazifalar berdi.
Ta’kidlanganidek, institutda sportni rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni professional sportga keng jalb etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. “Talabalar ligasi” musobaqalari esa yoshlarning iqtidor va salohiyatini namoyon etish, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim maydon vazifasini o‘tamoqda.
Mazkur final bosqichida Namangan davlat pedagogika instituti jamoalari:
➡️regbi,
➡️suzish,
➡️suv polosi,
➡️yengil atletika sport turlari bo‘yicha ishtirok etadi.
🌎Tadbir yakunida sportchi yoshlarga omad va muvaffaqiyat tilanib, ular katta ishonch va ko‘tarinki ruh bilan musobaqalarga kuzatildi.
Yoshlarimizga musobaqalarda ulkan zafarlar va yorqin g‘alabalar tilaymiz!