"Kitob — maʼnaviy boyliklar durdonasi" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi
14.02.2025 08:56:42 36
Namangan davlat pedagogika institutida, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Namangan viloyati boʻlimi, Oʻzbekiston respublikasi jurnalistlar uyushmasi Namangan viloyat boʻlimi hamkorligida "Kitob — maʼnaviy boyliklar durdonasi" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbir doirasida Namangan davlat pedagogika instituti magistranti Nodiraxon Rayimjonova hamda Nodirabegim Ilhomiddinovaning hammuallifligidagi "Yaxshi so'z sehri" nomli kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Ushbu taqdimotda muallifning ustozlari, oila aʼzolari, magistrlar, talaba-yoshlar ishtirok etishdi hamda oʻzlarining iliq fikrlarini bildirishdi.