O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarida ish yuritishni raqamlashtirish: Siyosiy va ekologik barqarorlik.
23.05.2026 07:58:49 31
O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarida ish yuritishni raqamlashtirish: Siyosiy va ekologik barqarorlik.
Bugungi kunda globallashuv davrida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va ekologik muammolarni hal qilish oldimizda turgan muhim vazifalardan biridir.
Oʻzbekiston Respublikasidagi Davlat tashkilotlari va idoralarida qog‘ozbozlikni kamaytirish nafaqat boshqaruv samaradorligini oshirish, balki atrof-muhitni muhofaza qilishning muhim omiliga aylanib bormoqda.
Oʻzbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar aynan shu muammolarni hal qilishga qaratilgan.
Davlat boshqaruvida raqamlashtirish jarayoni jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Elektron hujjat aylanish tizimlarining joriy etilishi natijasida davlat tashkilotlari o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvi tezlashdi, ortiqcha qog‘oz hujjatlar soni kamaydi.
Misol uchun “Elektron hukumat” tizimi doirasida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ham ancha raqamli shaklga o‘tkazilmoqda, turli hujjatlar, arizalar va to‘lovlarni onlayn tarzda amalga oshirish imkoniyati ancha yaratildi rivojlantirildi. Bu esa fuqarolarning vaqtini tejash bilan birga, qog‘oz sarfini sezilarli darajada kamaytiradi.
Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida davlat idoralarida byurokratiyani qisqartirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyil asosida ortiqcha hujjat talab qilish amaliyoti bosqichma-bosqich bekor qilinmoqda.
Ekologik siyosat nuqtai nazaridan ham bu o‘zgarishlar muhim ahamiyatga ega. Qog‘oz sarfining kamayishi - bu kamroq daraxt kesilishi, kamroq chiqindi hosil bo‘lishi va kamroq zararli gazlar ajralishi deganidir. Natijada mamlakatda ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim omil shakllanadi.
Raqamlashtirish iqtisodiy samaradorlikni ham oshiradi. Qog‘oz, bosma xarajatlar, saqlash va tashish bilan bog‘liq xarajatlarning kamayishi esa davlat byudjeti mablag‘larini tejash imkonini beradi.
Kelajakda Oʻzbekiston Respublikasida “Yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy etish rejalashtirilgan. Bu esa qog‘ozbozlikni yanada kamaytirish, qayta ishlash tizimlarini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Xulosa qilib aytganda, qog‘ozbozlikni kamaytirish bugungi kunda davlat siyosati, iqtisodiy taraqqiyot va ekologik muhofaza masalalari, Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirayotgan islohotlar orqali samarali boshqaruv tizimini yaratmoqda, balki kelajak avlodlar uchun sog‘lom va barqaror muhitni ta’minlash yo‘lida muhim qadamlar qo‘ymoqda.