NamDPI da “Binar darsi” tashkil qilindi
16.11.2024 09:16:04 4
16-noyabr "Xalqaro bag'rikenglik kuni" munosabati bilan "Bagʻrikenglik haftaligi" doirasida Namangan davlat pedagogika instituti O’zbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti E.Abdulvohidov va filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori D.Sativoldiyeva Jahon adabiyoti darsida yangi medotik texnologiyaga asoslanib “Binar darsi” tashkil qilishdi.
“Qadimgi Rus adabiyoti va XVIII asr rus adabiyoti. Rus adabiyotining oltin davri” mavzusida tashkil etilgan interfaol usluldagi dars talabalarda katta qiziqish uygʻotdi.
Dars jarayonida Aleksandr Pushkin, Lev Tolstoy, Fyodor Dostoyevskiy, Mixail Lermontov hayoti va ularning shoh asarlari bo’lgan “Yevgeniy Onegin”, “Maskarad”, “Iqrornoma”, “Urush va tinchlik”, “Jinoyat va jazo” asarlari tahlil qilindi.
"Binar" mashg’uloti davomida talabalar jahon adabiyotida bag’rikenglik va ahillik mavzusi talqini, kitob tanlovi, badiiy asar tahlilida qo’llanadigan usullar, badiiy ijod psixologiyasi, ijodkor laboratoriyasi kabi tushunchalar haqida ham batafsil ma’lumot oldilar.
Mashg’ulotda mutolaa madaniyatini yuksaltirish masalasiga ham urg’u berildi. Bunda kuniga 10 bet badiiy asar o’qigan odamning tafakkuri qanday rivojlanishi tahlili bo’yicha kichik tadqiqot o’tkazildi. Talabalar mutolaa shaxsning yuksalishida beqiyos ahamiyat kasb etishiga yana bir karra guvoh bo’ldilar.