Talaba-qizlar yashash sharoitlari o‘rganildi
17.12.2025 08:24:54 14
Ijtimoiy fanlar fakulteti dotsenti M.Payzibayeva Ozod MFY Namuna ko‘chasi 4-yo‘lak, 2-etaj, 43-xonadon hamda Obihayot MFY Uchqun ko‘chasi 7-A-uyda istiqomat qilayotgan talaba-qizlar holidan xabar oldi
Uchrashuv davomida xonadonlardagi yashash xonalari, oshxona, yuvinish xonalari va qo‘shimcha xonalar ko‘zdan kechirildi. Talaba-qizlarga qish mavsumida gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berilib, zarur tavsiyalar bildirildi.
Shuningdek, suhbat jarayonida talabalarning kiyinish madaniyatiga amal qilishlari, xonalarni ozoda saqlash, tartib-intizomga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talaba-qizlarning bir oila bo‘lib ahil yashashlari, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash zarurligi ta’kidlab o‘tildi.