English English English

Turkiyadan xabarlar

  13.02.2025 10:45:38    42


(Türkiye'den haberler)
Namangan davlat pedagogika instituti delegatsiya a'zolari tashrif davomida:

O‘qitish va ilmiy tadqiqotlar:
Karabük universiteti va NamDPI o‘rtasida o‘qitish va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish, ilmiy maqolalar nashr etish, ilmiy konferensiyalar va seminarlar tashkil etish, hamda yangi ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash.

Talabalar almashinuvi doirasida:
Talabalarning almashinuvi dasturlarini tashkil etish va kengaytirish, shu jumladan, Erasmus+ kabi xalqaro almashinuv dasturlarida ishtirok etish.


Turkiyadan xabarlar


Professorlar va ilmiy xodimlar almashinuvi:
Karabük universiteti va institut professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlarining almashinuvini yoʻlga qoʻyish, treninglar va seminarlar orqali o‘zaro tajriba almashish va pedagogik metodlarni takomillashtirish.

Ta’lim sifatini yaxshilash maqsadida:
O‘zaro hamkorlik asosida yangi o‘quv kurslari va akademik dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish, global ta’lim standartlariga mos ravishda ta’lim berish imkoniyatini kengaytirish.
Ushbu kelishuvlar ikki oliy ta’lim muassasasining o‘zaro tajriba almashish, ilmiy va ta’lim faoliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bunday hamkorlik nafaqat talaba-yoshlar va professor-oʼqituvchilar uchun, balki ta’lim tizimining rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shadi.

 


Turkiyadan xabarlar Turkiyadan xabarlar Turkiyadan xabarlar Turkiyadan xabarlar Turkiyadan xabarlar Turkiyadan xabarlar Turkiyadan xabarlar Turkiyadan xabarlar