English English English

Umumta’lim maktablarida kasbga yo‘naltirish va targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazildi

  26.10.2025 22:37:02    8


Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Namangan viloyatining turli tumanlarida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kasbga yo‘naltirishga qaratilgan ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etildi.


Umumta’lim maktablarida kasbga yo‘naltirish va targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazildi


Uchrashuvlar davomida Davlatobod tumanidagi 84-sonli, Chust tumanidagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari bilan bevosita muloqotlar olib borildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan Namangan davlat pedagogika institutining faoliyati, mavjud fakultet va ta’lim yo‘nalishlari, talabalarga yaratilgan sharoitlar, ilmiy va ijtimoiy imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur uchrashuvlarning asosiy maqsadi yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularni oliy ta’lim muassasalari haqida xabardor qilish hamda kelajak kasbi bo‘yicha ongli tanlov qilishiga ko‘maklashishdan iboratdir.


Umumta’lim maktablarida kasbga yo‘naltirish va targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazildi Umumta’lim maktablarida kasbga yo‘naltirish va targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazildi Umumta’lim maktablarida kasbga yo‘naltirish va targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazildi Umumta’lim maktablarida kasbga yo‘naltirish va targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazildi