“Navoiy olamiga sayohat” nomli viktorina tashkil etildi
05.02.2025 09:03:49 30

5-fevral kuni Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori M.Ruzimatova va Oʻzbek tili va adabiyoti 1- bosqich talabalari tomonidan ulugʻ mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan “Navoiy olamiga sayohat” nomli viktorina tashkil etildi. Viktorinada institut professor-oʻqituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etib, Navoiy hayoti va ijodiga oid savollarga javob berishdi. Namangan davlat pedagogika institutida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan tadbirlar davom etadi.