“Yoshlar kuni” doirasida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi
20.04.2026 10:14:56 6
Namangan davlat pedagogika institutida “Yoshlar kuni” munosabati bilan Pedagogika fanlar fakulteti talabalari ishtirokida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvni Namangan davlat pedagogika instituti rektori B.Xusanov ochib berib, bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sifatini oshirish, talabalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida to‘xtaldi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etdilar. Ayniqsa, ta’lim jarayonini takomillashtirish, amaliyot samaradorligini oshirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, institutda yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan bildirilgan fikrlar atroflicha muhokama qilindi.
Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning kayfiyati, intilishi va muammolarini yaqindan o‘rganish, eng muhimi, talaba-yoshlarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.