“Mahorat maktabi” gazetasining 2026-yil yanvar oyidagi 1–2-sonlarida Namangan davlat pedagogika instituti
31.01.2026 09:02:57 20
“Mahorat maktabi” gazetasining 2026-yil yanvar oyidagi 1–2-sonlarida Namangan davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazi bo‘lim mudiri E’zoza Yakkubbayeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–9-sonli Qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan “Mutolaa ehtiyojga aylansin” nomli munosabat maqola e’lon qilindi.
Mazkur maqolada davlatimiz rahbari tomonidan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim tashabbuslarning ahamiyati, yoshlar va keng jamoatchilik o‘rtasida mutolaani hayotiy ehtiyojga aylantirish masalalari keng yoritilgan. Muallif qaror asosida ta’lim muassasalarida, xususan, oliy ta’lim tizimida axborot-resurs markazlarining o‘rni va vazifalariga alohida e’tibor qaratadi.