NamDPI talabasi Fazliddin Erkinboyev — jahon chempioni!
14.04.2025 19:57:26 35

Uchrashuvda institut rektori B.Xusanov boshchiligida professor-oʼqituvchilar, qahramonimizning murabbiylari hamda sportchi talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida Fazliddinning shu kungacha erishib kelgan yutuqlari, g'alabalari, institutni nomini respublikada, balki jahonda ham tanitishdagi hissasi alohida e'tirof etildi.
Shu bilan birga, chempionning bosib oʻtgan mashaqqatli yoʻllari, murabbiylari haqida, institutdagi nazariy va amaliy mashg'ulotlarda toblangan tajribalariga quloq tutildi.
Fazliddining erishgan yutuqlari, mashaqqatli mehnatini qo'llab-quvvatlagan holda, institut rektorining tashakkurnomasi va esdalik sovg'asi topshirildi.
Eslatib oʻtamiz, Fazliddin Erkinboyev 31-mart -5 aprel kunlari Braziliyaning Fos-du lguasu shahrida boʻlib oʻtgan "World Boxing" kubogida oʻz mahoratini koʻrsatib, oltin medalga sazovor boʻldi hamda jahon chempioniga aylandi.
Endilikda, Fazliddinning maqsadi bitta — "Los-Anjeles-2028" yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritib, Oʻzbekiston bayrogʻini koʻklarga koʻtarish hamda Vatanimiz nomini xalqaro maydonda tanitishdir.
Ushbu maqsadlari yoʻlida sportchimizga institut jamoasi nomidan zafarlar tilaymiz!