“VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!”
29.10.2025 22:48:44 8
Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 4-kurs sirtqi ta’lim talabalari tomonidan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida bayramona madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarining Vatanga, el-yurtga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini she’rlar, qo‘shiqlar va raqslar orqali ifoda etdilar. Bayram dasturi nafaqat badiiy chiqishlar, balki yurtparvarlik ruhidagi samimiy so‘zlar, ijodiy chiqishlar va xalqona kuy-qo‘shiqlar bilan boyitildi.
Mazkur tadbirni tayyorlashda kafedra o‘qituvchilari G. Odilova, B. Ahmedov va M. Jo‘raboyeva faol ishtirok etib, talabalarga yaqindan ko‘mak berishdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomoshabinlar tomonidan katta e’tirofga sazovor bo‘ldilar.
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” — bu nafaqat shior, balki har bir yosh pedagogning hayotiy e’tiqodi va kasbiy burchini ifodalovchi chaqiriqdir!