"Kelajakka qadam” — talaba-yoshlar uchun manfaatli loyiha
22.03.2025 16:12:38 29
Namangan davlat pedagogika instituti va “O‘zmilliybank” AJ Namangan viloyati bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida, bitiruvchi kurs talabalari uchun davra suhbati tashkil etildi.

Suhbatda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A. Abdunazarov, Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i A. Tulqunboyev, “O‘zmilliybank” AJ Namangan viloyati bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i S.Tursunov, Namangan viloyat Kichik biznesni rivojlantirish markazi mutahasislari A.Ahmedova, J.To‘raxonov va bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishdi.
Davra suhbatining asosiy maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qarorining mazmun-mohiyati va qarorda belgilangan vazifalarni bajarilishi hamda “Kelajakka qadam” markazlari orqali amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar, bitiruvchi kurs talabalariga tushuntirildi.
Seminar soʻnggida talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.