“Turkiy dunyo ijtimoiy innovatsiyalar festivali — 2025”ga marhamat!
25.02.2025 12:42:20 51
Turkiyaning Karabuk universitetida o‘tkaziladigan ikkinchi xalqaro “Turkiy dunyo ijtimoiy innovatsiyalar festivali — 2025”ga marhamat!

Turkiy davlatlar o‘rtasida ijtimoiy muammolarga innovatsion yechimlar topish va hamkorlikni kuchaytirish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur festival quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi:
Iqtisodiy rivojlanish;
Ijtimoiy-madaniy hamkorliklar;
Ilmiy-tadqiqot hamkorliklari;
Ta’lim sohasidagi hamkorliklar;
Siyosiy va boshqaruv hamkorliklari.
Ushbu xalqaro festivalda oliy ta’lim muassasalari talabalari, yosh tadqiqotchilar va ijtimoiy loyihalar mualliflari qatnasha oladi!
“Turkiy dunyo ijtimoiy innovatsiyalar festivali — 2025” sizga quyidagi imkoniyatni taqdim etadi:
Xalqaro miqyosda tan olinish;
Loyihangizni amalga oshirish uchun qo‘llab-quvvatlash;
Turkiy davlatlar ekspertlari bilan o‘zaro hamkorlik.
Arizalar 2025-yilning 15-aprel sanasiga qadar www.sosyalfest.org rasmiy sayti orqali qabul qilinadi!