English English English

“EDUKIDS – Hamkorlik markazi” doirasida o‘quv seminari o‘tkazildi

  16.12.2025 08:22:11    13


Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim kafedrasi tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumani 24-DMTT bilan hamkorlikda “EDUKIDS – Hamkorlik markazi” doirasida navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.


“EDUKIDS – Hamkorlik markazi” doirasida o‘quv seminari o‘tkazildi


Mazkur tadbir oliy ta’lim muassasasi va maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, seminar davomida kafedra mudiri, professor M.Asranbayeva tomonidan “EDUKIDS – Hamkorlik markazi” faoliyatining maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, kafedra dotsenti N.Ismailova tomonidan direktor o‘rinbosarlari uchun “Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasi: bilim, ijod va kashfiyot sari ilk qadam” mavzusida master-klass o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida STEAM yondashuvining maktabgacha ta’limdagi ahamiyati, uni ta’lim jarayoniga joriy etish usullari hamda amaliy mashg‘ulotlar orqali qo‘llash imkoniyatlari yoritildi.

Tadbir jarayonida bolalar uchun mo‘ljallangan qiziqarli tajribalar, ijodiy loyihalar va o‘yin texnologiyalari namoyish etildi. Ishtirokchilar STEAM texnologiyasi bolalarda mustaqil va ijodiy fikrlash, jamoada ishlash hamda kashfiyotga intilishni rivojlantirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.

Shuningdek, tadbir davomida “Ijodkor qizlar” to‘garagi a’zolari tomonidan namoyish etilgan “Qorqizni izlab quvnoq sarguzashtlar” nomli qo‘g‘irchoq teatri bolalarda katta qiziqish uyg‘otdi.


“EDUKIDS – Hamkorlik markazi” doirasida o‘quv seminari o‘tkazildi “EDUKIDS – Hamkorlik markazi” doirasida o‘quv seminari o‘tkazildi “EDUKIDS – Hamkorlik markazi” doirasida o‘quv seminari o‘tkazildi “EDUKIDS – Hamkorlik markazi” doirasida o‘quv seminari o‘tkazildi “EDUKIDS – Hamkorlik markazi” doirasida o‘quv seminari o‘tkazildi