9-dekabr – "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash" kuni munosabati bilan institut talabalari o’rtasida “Korrupsiyasiz kelajak sari” shiori ostida "Zakovat" intellektual turniri tashkil etildi.
01.12.2025 11:59:07 7
Axborot resurs markazida 9-dekabr – "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash" kuni munosabati bilan institut talabalari o’rtasida “Korrupsiyasiz kelajak sari” shiori ostida "Zakovat" intellektual turniri tashkil etildi.
Turnirda “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A. Tojimatov hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Nabijonovlar ishtirok etib, institut talabalari uchun korrupsiyaning mazmun-mohiyati va uning jamiyat barqarorligiga salbiy ta'siri haqida tushunchalar berib o'tdilar.Intellektual loyihalar koordinatori M.Mahkamov tomonidan qo'shimcha shartlar tushuntirildi hamda savollar o'qib eshittirildi.
💥Qizgʼin tarzda o'tgan aql jangi yakunida quyidagi jamoalar gʻolib boʻlishdi:
🥇-oʻrin "Aktivatorlar" jamoasi;
🥈-oʻrin "Avangard" jamoasi;
🥉-oʻrin "Geograflar" jamoasi;