“Art pedagogikaning zamonaviy paradigmalari, rivojlanish istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
22.04.2026 10:04:38 9
“Art pedagogikaning zamonaviy paradigmalari, rivojlanish istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetida “Art pedagogikaning zamonaviy paradigmalari, rivojlanish istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar tomonidan art pedagogikaning nazariy asoslari, innovatsion metodlari, ijodiy yondashuvlar orqali ta’lim samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalar tinglandi. Har bir chiqish ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinib, mavzu doirasida fikr almashildi.