"Zamonaviy ustoz-kelajak bunyodkori"
27.04.2026 08:01:55 4
Pedagogika fakultetida "Zamonaviy ustoz-kelajak bunyodkori" mavzusida tadbir tashkil etildi.
Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim innovatsiyalari kafedrasi katta o'qituvchisi Jo'rayeva Turg'unoy tashabbusi bilan Sirtqi bo'lim Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabalari bilan birgalikda Bolalar adabiyoti fani yuzasidan o'zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida "Zamonaviy ustoz-kelajak bunyodkori" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirni fakultet dekani Z.Abdullayev ochib berdi. Tadbirda Qirg`iziston Respublikasi O'sh davlat universitetidan bir qator mehmonlar ishtirok etdilar. Tashrif buyurgan mehmonlarga ham bugubgi tadbir manzur bo'ldi. Tadbir davomida vatan haqida she'rlar, qo'shiqlar, adabiyotimiz durdonalaridan biri bo'lgan "O'tgan kunlar" asaridan parchalar va talabalar hayotiga oid qiziqarli sahna ko'rinishlari namoyish etildi.