"Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yoʻl" mavzusida "Karyera markazi" loyihasi doirasida bitiruvchi bosqich talabalari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi
09.04.2025 20:42:35 13
Yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga qiziqishlarini oshirish, bitiruvchi bosqich talabalarini davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, davlat organlari va tashkilotlariga ochiq tanlovlar orqali ishga kirish to‘g‘risida tushunchalar berish shuningdek, ularni taklif va istaklarini o‘rganish maqsadida Namangan davlat pedagogika instituti, Oʻzbekiston Respublikasi huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida "Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yoʻl" mavzusida "Karyera markazi" loyihasi doirasida bitiruvchi bosqich talabalari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

Muloqotda institut rektori B.Xusanov boshchiligida professor-oʼqituvchilar, xodimlar, shuningdek, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali rahbari Sh.To‘xtabayev, viloyat maktabgacha va maktab talim boshqarmasi vakillari hamda bitiruvchi bosqich talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Samimiy, ochiq muloqot shaklida davom etgan suhbat davomida vakillar tomonidan mamlakatimizda davlat xizmati faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlar, kadrlar siyosati sohasida olib borilayotgan yangiliklar, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari uchun o‘tkazilayotgan ochiq mustaqil tanlovlar, shu bilan birga, maktablarda mavjud ish o'rinlar va talabalarga ishga kirish tartibi bo'yicha ma’lumotlar berildi.
Oʻz navbatida, talabalar ham mavzu doirasida oʻzlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.