Talaba-qizlarning muammolari oʻrganildi
24.04.2025 09:33:08 9
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi G.Dehqanova, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekan maslahatchisi G.Odilova talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalar bilan TTJ ichki tartib-qoidalari, tozalik va sanitariya holati hamda shaxsiy gigiyenaga rioya etish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Talabalar turar joyida talaba-qizlar bilan suhbatlashilib, ularning yashash sharoitlari va muammolari haqida fikr almashildi.
Tashrif davomida talabalarni bo'sh vaqtini mazmunli va xushkayfiyat ulashish maqsadida mutolaa suhbati tashkil etildi.