English English English

“4+2” AMALIYOT TIZIMI DOIRASIDA MAZMUNLI AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

  20.04.2026 10:27:05    5


Namangan davlat pedagogika instituti Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalarining “4+2” amaliyot tizimi doirasidagi faoliyati izchil davom etmoqda. Amaliyot jarayonida umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida samarali uchrashuvlar, psixologik treninglar hamda kasbiy kuzatuvlar tashkil etilmoqda.


“4+2” AMALIYOT TIZIMI DOIRASIDA MAZMUNLI AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA


Jumladan, kafedra dotsenti v.b. B.Qayumov, maktab psixologlari hamda psixologiya yo‘nalishi 3-bosqich talabalari tomonidan Namangan shahridagi 51- va 47-sonli umumta’lim maktablarida yuqori sinf o‘quvchilari uchun psixologik treninglar o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarda shaxsning individual psixologik xususiyatlari, tezkor xotiraning inson faoliyatidagi o‘rni, o‘z-o‘zini anglash, muloqot ko‘nikmalari hamda fikrlash doirasini kengaytirishga oid mavzular interaktiv usullar asosida yoritildi.

Shuningdek, Maxsus pedagogika (logopediya) yo‘nalishi talabalari malakaviy amaliyot o‘tayotgan Uychi tumanidagi 1-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga kafedra o‘qituvchilari tomonidan tashrif buyurildi. Tashrif davomida muassasa metodisti hamda biriktirilgan ustozlar bilan suhbat o‘tkazilib, talabalar faoliyatiga ijobiy baho berildi. Ularning mas’uliyatli yondashuvi, kasbga muhabbati va nazariy bilimlarni amaliyotda samarali qo‘llayotgani alohida e’tirof etildi.

Mazkur amaliy ishlar bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlash, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash hamda ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.


“4+2” AMALIYOT TIZIMI DOIRASIDA MAZMUNLI AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA “4+2” AMALIYOT TIZIMI DOIRASIDA MAZMUNLI AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA “4+2” AMALIYOT TIZIMI DOIRASIDA MAZMUNLI AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA “4+2” AMALIYOT TIZIMI DOIRASIDA MAZMUNLI AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA