Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
30.10.2025 22:50:07 7
Namangan davlat pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yilidagi 3-sonli Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishni institut Kengash raisi, rektor B.E. Xusanov olib bordi. Kengash kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.
Kun tartibidan o‘rin olgan masalalar qatorida:
- Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
- Namangan viloyati bitiruvchilarini tayyorlash sifatini oshirish va “Uzluksiz metodik markaz” faoliyatini takomillashtirish masalalari;
- “Sun’iy intellekt pedagog markazi”ni tashkil etish hamda Markaz Nizomini tasdiqlash;
- “Yangi pedagogik ta’lim innovatsion markazi” va “Ilmiy axborot markazi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
- Doktorantura (PhD) dasturlari bo‘yicha ilmiy rahbarlik va dissertatsiya mavzularini tasdiqlash;
- Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati, amaliyot samaradorligi va sport-sog‘lomlashtirish ishlari;
- Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish, ijro intizomi va hujjatlar yuritilishiga oid holatlar muhokama qilindi
(https://t.me/namspii)Shuningdek, Kengashda ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yangi o‘quv markazlarini tashkil etish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan topshiriqlar institutda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini yanada oshirish, innovatsion g‘oyalarni joriy etish, hamda talaba-yoshlarning bandligi va ijodiy faolligini kuchaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Mazkur Kengash qarorlari Namangan davlat pedagogika instituti faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, jamoaning birgalikdagi sa’y-harakatlari orqali ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.