English English English

Tyutor tashabbusi: Ilohiy ishq va erk kuychisi

  06.04.2026 00:43:54    7


Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori Sunbula Qodirova tashabbusi bilan o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, mutafakkir shoir va tasavvuf tariqati yirik  vakillaridan biri - Boborahim Mashrab hayoti va ijodiga bag’ishlangan seminar tashkil etildi. 

 

Tyutor tashabbusi: Ilohiy ishq va erk kuychisi


Mazkur seminarda mashrabshunos tadqiqotchi, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Yusufjon Alixonov hamda tyutor tomonidan Boborahim Mashrabning o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, tasavvuf shoiri va Qalandar-mashrabli inson bo‘lib, o‘z ijodida ishq, ilohiy ishq, dunyo bevafoligi va inson erkinligini o‘lmas g‘azallari orqali tarannum etganligi va uning she’rlari sodda, ravon va yuqori hissiyotga boyligi bilan ajralib turishi xususida so’z yuritildi.

Tadbir davomida Namangan davlat musiqali drama teatri aktyori Nuriddin Ismoilov tomonidan Mashrab obrazi mahorat bilan gavdalantirilib, tadbirga oʻzgacha fayz bagʻishladi.

Ushbu tadbirni mazmunli oʻtkazishda yaqindan yordam bergani uchun Namangan musiqali drama teatriga Namangan davlat pedagogika instituti nomidan oʻz minnatdorchiligimimizni bildiramiz!


Tyutor tashabbusi: Ilohiy ishq va erk kuychisi