O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni katta tantana bilan nishonlanilmoqda
14.01.2025 11:01:45 2
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda "Vatan himoyachilari kuni" vatanparvarlik, mardlik va jasurlik kabi yuksak fazilatlar timsoliga aylangani bejiz emas.
Xalqimiz uchun qadrli va ulug‘ bayramlarda “Motamsaro ona” haykali poyiga tantanali gul qo‘yish marosimi Namanganda yaxshi an‘anaga aylangan.
Shu munosabat bilan viloyat hokimi, Harbiy-ma‘muriy sektor rahbari Shavkatjon Abdurazakov, viloyat sektorlari rahbarlari, shuningdek, Namangan davlat pedagogika instituti rektori B.Xusanov boshchiligida institut vakillari “Motamsaro ona” haykali poyiga tantanali gul qo‘yish marosimida ishtirok etishdi.