TA’LIM TARAQQIYOTI YO‘LIDAGI MUHIM MULOQOT
22.01.2026 09:19:06 15
Namangan davlat pedagogika institutida ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni rivojlantirish hamda oliy ta’lim oldida turgan dolzarb vazifalar hamda ushbu vazifalarni amalga oshirishdagi ommaviy axborot vositalarining munosib o'rni muhokamasiga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda institut rektori, falsafa fanlari doktori, professor Xusanov Bahodir Ergashevich hamda viloyat hokimligining rasmiy nashri — “Namangan haqiqati” gazetasi bosh muharriri Xurshid Fayziyev ishtirok etdi.
Suhbat jarayonida Prezidentimiz Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, bugungi ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, pedagog kadrlar tayyorlashdagi zamonaviy metodlar, mavjud muammo va ularning yechimlariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, institutda olib borilayotgan ilmiy-ta’limiy jarayonlar, kelgusidagi ustuvor rejalar hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Mazkur suhbatning to‘liq talqini bilan “Namangan haqiqati” gazetasi sahifalarida tanishish mumkin.