Sayohatda targ’ibot
08.12.2025 08:14:15 1
Jamoat transportida ham o’ziga hos auditoriya jam bo’lishi bor gap.
Turli darajadagi tinglovchilar bilan ishlash ko’nikmalari esa bo’lajak ilmiy hodimlar uchun muhim.
Shu jihatdan Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya yo’nalishi magistrantlari o’z ko’nikmalarini amalda sinadilar. Kafedra dotsenti Elyor Abdulvohidov boshchiligida Rus tili o’rganishdagi muammolar borasida jamoatchilik fikri tahlil qilindi.
Shuningdek yo’lovchilarga Konstitutsiyaning inson farovon hayoti va manfaatlarini ta’minlashdagi o’rni, bolalar va yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish, oilaviy o’qish uchun pedagogik ahamiyatli badiiy asarlarni tanlash borasida tavsiyalar berildi.