English English English

Namangan davlat pedagogika institutida mustaqil izlanuvchilar uchun suhbat (28-fevral, 09:00)

  25.02.2025 10:27:26    39


Namangan davlat pedagogika institutiga https://daraja.ilmiy.uz sayti orqali 2025-yil, 2-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikga hujjatlari qabul qilingan talabgorlar uchun joriy yil, 28-fevral kuni, soat 09:00 da suhbat tashkil etiladi.




Suhbatga izlanuvchilar o'zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari (passport yoki ID karta), ilmiy-tadqiqot mavzusi asosnomasi (ilmiy rahbar va izlanuvchi imzosi bilan tasdiqlangan), ilmiy rahbar rozilik xati, ilmiy mavzuga oid chop etilgan ilmiy ishlar nusxalari (hujjatlarni yig'ma fayl papkaga solish tavsiya etiladi) olib kelishlari, shuningdek mutaxasislik fanidan asosiy tushunchalarni takrorlab kelishlari so'raladi.

Eslatma: har bir izlanuvchi suhbat vaqtidan 10 – 20 minut oldin belgilangan joyga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan kelishlari so‘raladi.

Manzil: Namangan shahar, Uychi ko‘chasi 316-uy. Namangan davlat pedagogika instituti Axborot resurs markazi 2-qavat.

📍 Lokatsiya (https://maps.app.goo.gl/tsQygkcqcNSHXBZr5)

 

Izlanuvchilar ro'yxati.pdf