“ILK QADAM TEXNOLOGIYALARI – 2025” innovatsion ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
03.12.2025 10:06:30 12
2025-yil 3 dekabr kuni Maktabgacha ta’lim kafedrasi dotsenti N. Abdusamatova tashabbusi bilan “Ilk Qadam Texnologiyalari – 2025” nomli innovatsion ko‘rgazma tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmada Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi 1-bosqich magistrantlari tomonidan yaratilgan maktabgacha yoshdagi bolalarning:
• jismoniy sog‘lomligi,
• ma’naviy yetukligi,
• intellektual salohiyati,
• kreativ fikrlashi,
• ijodkorligi,
• mayda va yirik motorika,
sensomotor ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi
innovatsion didaktik vositalar namoyish etildi.
Ko‘rgazma davomida magistrantlar o‘z mualliflik ishlari, ularning mazmuni, qo‘llash imkoniyatlari hamda ta’lim jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etdilar.