Ijara xonadonlariga tashrif
12.12.2025 08:52:24 2
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri S. Azizov va fakultet tyutori B. Tojahmedov boshchiligida Namangan shahar, Qadamjo MFY, Imom Termiziy ko‘chasi, 4-uyda ijara yashovchi talabalarning xonadoniga tashrif uyushtirildi.
Tashrif davomida ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishildi va ularga ozodalik hamda gigiyena qoidalari bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, ijara xonadonining tartib-intizomi haqida ma’lumotlar yetkazildi.
Kuz-qish mavsumida talabalarni isitish vositalaridan oqilona foydalanish, is gazidan xoli bo‘lish kabi masalalar bo‘yicha tushunchalar berildi. Talabalar o‘z bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, dars mashg‘ulotlaridan tashqari mutaxassislik fanlari bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ishtirok etish va chet tili kurslariga qatnashish bo‘yicha kerakli tavsiyalar bilan ta’minlandi.