Talabalar ijara xonadonlariga tashrif
12.12.2025 08:54:22 2
Namangan davlat pedagogika instituti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi Javohir Yuldashev hamda Ijtimoy fanlar fakulteti tyutori K.Nasriddinova Namangan shahar, Oxunboboyev MFY da yashovchi talabalarning ijara xonadoniga tashrif buyurdi.
Dastavval ijara xonadon egalari bilan yaqindan suhbat qurildi hamda talabalar yashash sharoiti ham atroflicha oʻrganildi. Ularga ozodalik hamda gigiyena qoidalari bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, ijara xonadonining tartib-intizomi haqida ma’lumotlar yetkazildi.
Qish mavsumida talabalarni isitish vositalaridan oqilona foydalanishi, is gazidan xoli bo‘lish zarurligi tushuntirildi. Talabalarning darsdan tashqari vaqtlarida ijara xonadonlarda qoʻshimcha mashgʻulotlar bilan shugʻillanishi va oʻz sohalari ustida tinimsiz ishlashlari haqida muhim tavsiyalar berildi.