English English English

“Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”

  06.12.2025 08:09:57    1


Namangan davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan 1-dekabrdan 10-dekabrgacha “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan huquqiy savodxonlik hamda targ‘ibot tadbirlari doirasida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.


“Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”


Mazkur tadbirda Pop tumanidagi 7552-sonli harbiy qism harbiy orkestori, institut rektori, prorektorlar, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ullar va ko‘plab talabalar ishtirok etdi. Harbiy orkestr tomonidan tadbirning ochilish qismida O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi jonli ijro etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki ruh baxsh etdi.

Tadbir davomida Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, fuqarolik huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi beqiyos ahamiyati, shuningdek, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Institut rahbariyati o‘z nutqida Konstitutsiya — davlatimizning huquqiy poydevori ekanini, uni chuqur anglash va unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish har bir fuqaroning burchi ekanini ta’kidladi.

Shu bilan birga, talabalarning ushbu muhim sana mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq ochib berishga qaratilgan badiiy sahna ko‘rinishlari, dramatik chiqishlar, kuy va qo‘shiqlar, shuningdek, qonun ustuvorligi mavzusidagi kompozitsiyalar namoyish etildi. Ular orqali yoshlar ongida Konstitutsiyaga hurmat, qonunlarga rioya qilish, vatanparvarlik va yuksak fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishga alohida urg‘u berildi.

Tadbir yakunida professor-o‘qituvchilar va ishtirokchilar yoshlarning bunday ma’rifiy loyihalardagi faolligini yuksak baholab, Konstitutsiya bilimini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettirilishini ta’kidladilar.


“Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”