NamDPI talabalari Jahon chempionatida munosib ishtirok etishdi
02.12.2025 09:53:21 4
Joriy yilning 26–29 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Fujairah shahrida belbogʻli kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli musobaqada Namangan davlat pedagogika instituti talabalari ham munosib ishtirok etib, yurtimiz bayrog‘ini xalqaro maydonda baland ko‘tardilar.
Musobaqa natijalari quyidagicha:
Abbosbek Ahmadjonov (AU-24 guruh talabasi) — 62 kg vazn toifasida kumush medal 🥈
Jamoliddin Neʼmatullayev (CU-23) — bronza medal 🥉
Klassik yo‘nalishda
Asadbek Mamataliyev — kumush medal 🥈
Ismonaliyev Kamronmirzo (AU-23 guruh talabasi) — 68 kg vazn toifasida oltin medal 🥇
💐NamDPI jamoasi sportchilarimizni ushbu yuksak natijalar bilan tabriklaydi va kelgusi musobaqalarda ham omad tilaydi!