AYOLLAR VA QIZLAR UCHUN XAVFSIZ RAQAMLI MUHIT
25.11.2025 10:43:53 5
Namangan davlat pedagogika instituti hamda viloyat hokimligi hamkorligida ayollarga va qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish mavzusida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirni viloyat hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligi D.Yakubova ochib berdi.
Tadbirda ichki ishlar bo‘limi, prokuratura, sog‘liqni saqlash tizimi, ijtimoiy xizmatlar, ta’lim muassasalari hamda “Oila va xotin-qizlar” bo‘limi vakillari ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Seminar davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
➡️Raqamli makonda xavfsizlik madaniyati;
➡️Zo‘ravonlikning turlari va ularning oldini olish;
➡️Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xizmatlar;
➡️Profilaktika va hamkorlik mexanizmlari.
Ma’ruzachilar:
➡️ N.Kayumova – Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik.
Mavzu: “Tazyiq va zo‘ravonlikning turlari va ko‘rinishlari”.
➡️V.Tojiboeva – Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining ona va bola muhofazasi bo‘yicha o‘rinbosari
Mavzu: “Gender zo‘ravonlikdan jabrlangan nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar uchun sog‘liqni saqlash xizmatlari”
➡️ G.Tajiboeva – NamDPI xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi
Mavzu: “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”
Tadbir jarayonida mavzuga oid videorolik namoyish qilindi, mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi va interaktiv savol-javoblar o‘tkazildi. Yakunda ishtirokchilarga tegishli tavsiyalar berildi.