2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”
21.11.2024 16:15:40 3
Kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni koʻrib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bagʻishlangan majlisida davlatimiz rahbarining 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e‘lon qilishi, mamlakatning ekologik muammolariga e‘tibor qaratish va barqaror rivojlanishni ta‘minlashda muhim ahamiyatga ega. Bu tashabbus, nafaqat, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan, balki energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish kabi masalalarni ham o‘z ichiga oladi.
Prezidentimizning ushbu tashabbuslari O‘zbekistonning global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda faolligini oshirishi, shuningdek, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin. “Yashil” iqtisodiyot prinsiplari asosida amalga oshiriladigan loyihalar nafaqat ekologik barqarorlikni ta‘minlaydi, balki aholining farovonligini oshirishga ham xizmat qiladi. Shuningdek, 2025-yil amalga oshirilishi kutilayotgan tashabbuslar xalqimizning ekologik ongini oshirishga, yosh avlodni atrof-muhitni asrashga jalb qilishga yordam beradi. Umuman olganda, kelayotgan yil O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar va istiqbollar eshigini ochadi.
Abdullayev Akmal Nasriddinovich,
Namangan davlat pedagogika instituti gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)