English English English

"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazidagi "Saxovat uyi"ga tashrif

  31.03.2025 16:02:26    32


Namangan davlat pedagogika instituti O’quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Muhibjon Imomov Davlatobod tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazidagi "Saxovat uyi"ga tashrif buyurdi va markazdagi mo‘ysafid-qariyalar holidan xabar oldi.


"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazidagi "Saxovat uyi"ga tashrif


Tashrif davomida u qariyalarimiz uchun yaratilgan shart-sharoitlar, muolaja xonalari va yotoqxonalarning zamonaviyligi bilan tanishdi. Ushbu tashrif orqali yurtimizda hech bir fuqaro, yosh-u qari bo‘lishidan qatʼiy nazar, eʼtibordan chetda qolmasligiga yana bir bor guvoh bo‘ldi.
Shuningdek, ijtimoiy muassasa direktori Rahmonjon Abdullayevga markazda yashayotgan keksalar kundalik ehtiyojlari uchun sanitariya vositalari topshirildi.
Tashrif davomida M.Imomov bunday ijtimoiy yordamlarni davom ettirish va institut xodimlari markaz faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.


"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazidagi "Saxovat uyi"ga tashrif "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazidagi "Saxovat uyi"ga tashrif "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazidagi "Saxovat uyi"ga tashrif