“Yoshlik bahori“ talabalar bayozining taqdimoti bo'lib o'tdi.
19.02.2025 10:29:44 40
Taqdimot marosimida institut rektori B.Xusanov, Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyat bo'limi rahbari Z.Mansurov, professor-o'qituvchilar, shoir va yozuvchilar hamda ijodkor talabalar ishtirok etishdi.

Taqdimotda rektor B.Xusanov institutning ijodkor yoshlarini mazkur bayoz nashiri bilan qutlab, bu kabi kitoblarning soni yanada ortishiga ishonch bildirib, institutda ijodkor yoshlarning salmog'i katta ekanligidan mamnunligini ta'kidladi.
Marosim davomida ustoz ijodkorlar hamda talabalar kitobdan o'rin olgan ijod namunlari yuzasidan o'z fikr mulohazalarini bildirdilar. Musiqa ta'limi yo'nalishi talabalari esa, undagi she'rlar asosida kuy-qo'shiqlarni ijro etishdi.
Yuqori kayfiyatda o'tgan taqdimot marosimi yakunida barcha ishtirokchilar esdalik sovg'lari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.