"Yashash uchun 1001 sabab" mavzularida psixologik aksiya tashkil etildi.
03.04.2025 00:18:25 15
Namangan davlat pedagogika insitituti xotin-qizlar psixologi N.Tajiboyeva tomonidan ertalabdan talabalarga pozitiv kayfiyat ulashish hamda ularni hayotga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida "Hayot g‘o‘zal chunki unda men borman" hamda "Yashash uchun 1001 sabab" mavzularida psixologik aksiya tashkil etildi.

Ushbu aksiyada insititutimiz jamoasi hamda talabalari faol ishtirok etib, kun tilaklarini olishdi, yaxshi kayfiyatda dars mashg‘ulotlarini boshlashdi.
Psixolog maslahati:
Besh narsa besh narsa bilan kattalashadi:
Gulxan – oʻtin bilan;
Shubha – gumon bilan;
Qoʻpollik – yomon muomala bilan;
Xusumat – xatolarni oʻzaro kechirib yubormaslik bilan;
Yaqinlar oʻrtasidagi aloqalarning uzilishi – hol-ahvol soʻrab turmaslik bilan.
Besh narsa besh narsa bilan yoqimli boʻladi:
Sogʻliq – yaxshi hayot bilan;
Safar – yaxshi hamroh bilan;
Chiroy – goʻzal xulq bilan;
Uyqu – xotirjamlik bilan;
Tun – Allohning zikri bilan.