English English English

MILLIY KONTENT — YOSHLAR MAFKURASINI YOT GʻOYALARDAN ASRASHNING ENG MUHIM HALQASI

  14.02.2025 10:54:34    28


Bugun mamlakatimizdagi tarixiy voqelikda ishtirok etdik. Davlatimiz rahbari tomonidan bugungi kunda mafkuraviy xavf-xatarlar allaqachon kibermakonga ko‘chib o‘tganligi, shu munosabat bilan yoshlarimizda internetdan foydalanish madaniyatini yanada yuksaltirish, ular yolg‘on ma’lumotlar qurboniga aylanishi, dunyoqarashi salbiy g‘oyalar ta’sirida shakllanishining oldini olish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Aynan biz yoshlarning ma’naviy tarbiyamiz va mafkuraviy immunitetimizni kuchaytirish,  yot g‘oyalardan asrash har birimizning vazifamizga aylanishi shartligi ta’kidlandi. Shu bois mutasaddilarga yoshlarning mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash, ularni dardiga malham bo‘lib, muammosini hal qilib, turli g‘oyaviy xurujlardan asrash, zararli axborotlardan himoya qilish ishlarini kuchaytirish topshirildi.


MILLIY KONTENT — YOSHLAR MAFKURASINI YOT GʻOYALARDAN ASRASHNING ENG MUHIM HALQASI


Ilm-fan va ta’lim yo‘nalishidagi foydali mahalliy internet resurslari reyestri shakllantirilib, ulardan bepul internet tarmog‘i orqali foydalanish yo‘lga qo‘yilishi, nuroniylarimiz ishtirokida “Ajdodlar merosiga munosib avlod” g‘oyasi ostida biz yoshlarni birlashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi, shuningdek, yosh avlodda vatanparvarlik hissini oshirish maqsadida “Men buyuk el farzandiman” umummilliy harakatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yoshlarning tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.
Aynan, men kabi adabiyotga ixlosi baland yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda badiiy adabiyotning roli juda katta ekani ta’kidlandi. Bundan qirq yil oldin ustoz shoir Erkin Vohidov tashkil etgan “Yoshlik” jurnali faoliyatini kuchaytirib, uni yana yoshlarimiz sevib o‘qiydigan jurnalga aylantirish muhimligi ta’kidlandi.

Madina HABIYALIYEVA,
Namangan davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi, Besh tashabbus loyihalari koordinatori